Ikkinchi mutaxassislikka roʻyxatdan oʻtish boshlandi
Foto: biznesrivoj.uz
Rasman 2024/2025 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining matbuot xizmati maʼlum qildi.
Roʻyxatdan oʻtish yagona taʼlim xizmatlari portali my.gov.uz orqali joriy yilning 10-avgustiga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritishi, diplom va ilovaning elektron nusxasini yuklashi hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlashi kerak boʻladi.
Qayd etish kerakki, ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Avvalroq bir qancha universitet va institutlarda rektorlar almashgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring