O‘zbekistonda 307 mingdan ortiq ijara shartnomalari tuzilgan

14:43 27 Mart 2023 Iqtisodiyot
649 0

Illyustrativ foto

2023-yil 1-mart holatiga soliq organlarida  hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari soni 307 063 tani tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 228,5 mingta ijara shartnomalari asosida 21,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 53,7 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 34,4 foizga oshgan. 

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 78,5 mingta ijara shartnomalari asosida 39,8 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 25,9 foizga va hisoblangan daromad solig‘i summasi 35,6 foizga oshgan. 

Talabalar bilan tuzilgan  ijara shartnomalari soni – 50 976 ta
 
Ijarada turuvchi talabalar soni – 83 018 nafar

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 7,8 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?