Jizzaxda fermerni urgan IIB boshlig‘i ustidan jinoiy ish ochildi
2018 yil 9 iyul kuni Jizzax viloyati Yangiobod tumani, Ziyokor ko‘chasida yashovchi fuqaro N.Tursunboyev Bosh prokuraturaning “Ishonch telefoni”ga murojaat qilib, Yangiobod tuman IIB boshlig‘i I.Sulaymonov o‘g‘li S.Qurbonboyevni urib tan jarohati yetkazganligini bildirib, I.Sulaymonovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida so‘ralgan fuqaro S.Qurbonboyev 2018 yil 7 iyul kuni soat 14-30 larda Yangiobod tumani IIB boshlig‘i I.Sulaymonov “Mustaqillikning 22 yilligi” suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi “Pastkichaqir bulog‘i” fermer xo‘jaligi dalasiga kelgan vaqtda kombaynlar g‘alla o‘rmasdan turganligini vaj qilib, S.Qurbonboyevni mushti bilan burun qismiga urganligini bildirgan.
Bosh prokuratura bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan tuman IIB boshlig‘i I.Sulaymonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura nazoratiga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring