Hunarmandlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi
“Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–77-son, 30.12.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
— 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning 500 milliard soʻmi hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
— imtiyozli kreditlar hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 million soʻmgacha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida koʻzda tutilgan shartlarda ajratiladi;
— imtiyozli kreditlar hunarmandning talabi boʻyicha naqd pul olish imkoniyati bilan
— imtiyozli kredit ajratish boʻyicha “oilakredit.uz” elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qoʻyish va ularning loyihalarini kreditlash uchun alohida boʻlim ishga tushiriladi.
2022-yildan boshlab:
— “usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga – shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun 6 oy davomida har oyda BXMning 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
— shogirdlarga – mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiyalar ajratish tartibi joriy etiladi.
Bunda, subsidiya ajratiladigan hunarmandlar va shogirdlar hisobi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yuritilib,
Shuningdek, 2022-yildan “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun faoliyat yuritish joyidan qatʼi nazar, kommunal infratuzilma xizmatlari haqini toʻlash aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring