Hindistonda Oʻzbekistonning turizm qishloqlari va mahallalari alohida eʼtirof etildi
Joriy yilning 17–18-mart kunlari Hindistonning Varanasi shahrida (Uttar-Pradesh, Hindiston) SHHTga aʼzo davlatlar turizm maʼmuriyatlari rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Yigʻilishda milliy turizm tarmoqlarining bugungi holati koʻrib chiqildi. Shuningdek, yangi turistik yoʻnalishlar yaratish, logistika imkoniyatlarini takomillashtirish va SHHT mamlakatlari oʻrtasida sayyohlik oqimini tiklash chora-tadbirlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ishtirokchilar Oʻzbekistonning turizm salohiyati yuqori ekanligini eʼtirof etishdi. Xususan, yurtimizning oʻziga xos turmush tarzi va boy madaniyati, turistik qishloqlar, turizm mahallalari va koʻchalari, betakror hunarmandchilikka ega boʻlgan chekka qishloqlarda barqaror turizmni rivojlantirish boʻyicha tajribasiga alohida eʼtibor qaratishdi.
Taʼkidlash lozimki, uchrashuvda SHHTga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida 2023-yilda turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar rejasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan SHHTning Samarqand sammitida ilgari surilgan “SHHT makonida turizmni rivojlantirish yili”ga oid Tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasi Varanasi shahrining “SHHTning madaniy va sayyohlik poytaxti” deb eʼlon qilinishiga bagʻishlangan madaniy tadbirlarda ham qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring