Havo tozalagichlar bojxona bojidan ozod etiladi
Illyustrativ foto
Tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 8509 80) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning kecha, 24-noyabr kuni imzolangan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmonida belgilangan.
Farmonga muvofiq, atmosfera havosining RM2.5 zarralari bilan ifloslanish manbalarini aniqlash uchun Ekologiya qoʻmitasi huzurida Atmosfera havosini chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil qilinadi.
Ushbu maxsus laboratoriyaga uskunalar va unga zarur boʻlgan jihozlar, jumladan, termik optik tahlillarni olib borish uchun termo-optik analizator uskunasi hamda atmosfera havosi namunalarini yigʻib olish uchun 5000 dona kvars filtrlar eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan toʻgʻridan toʻgʻri xarid qilinadi.
Bundan tashqari, maxsus laboratoriya uchun uskunalar va boshqa jihozlar, avtomatlashgan kichik stansiyalar (TIF TN kodi 9027), tashlamalarning avtomatik monitoring stansiyalari (TIF TN kodi 9027), avtomatik kuzatuv lostlari (TIF TN kodi 9027), chang-gaz tozalash uskunalari (TIF TN kodi 8421), lokal suv tozalash inshootlari (TIF TN kodi 8421) ham bojdan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring