Hafta oʻrtasiga borib havo harorati biroz salqin boʻladi

14:09 23 Fevral 2026 Jamiyat
294 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 23-27-fevral kunlari kuzatiladigan prognozlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun, 23-fevral kuni kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va nisbatan iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunning oʻrtasiga kelib, havo 13-18 daraja iliqqacha, janubda 20-23 daraja iliqqacha isiydi.

Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Havo harorati 2-7 daraja atrofida boʻladi. Xorazm viloyatining ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

Ertaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shamolda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat foni deyarli oʻzgarmaydi.

25-fevralda shimoli-gʻarbiy hududlarda va choʻl hududlarda, 25-fevralda kechga tomon va 26-fevralda respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 26-fevral kuni havo harorati 8-11 daraja iliqqacha, shimolda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi.

27-fevralda esa Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechasi baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 2-3 darajaga koʻtariladi.

Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida 24-26-fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 26-fevralda ayrim joylarda kuchli boʻladi. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, respublika boʻyicha baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, 25-26-fevralda ayrim joylarda baʼzida 20-25 metr/sekundgacha kuchayishi, 25-fevralda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?