Hafta davomida havo isib boradi
Iyun oyining birinchi ish haftasi davomida Oʻzbekiston boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Faqat ayrim togʻoldi va togʻli hududlarda, shuningdek, 4−5-iyun kunlari Fargʻona vodiysi viloyatlari boʻyicha baʼzi joylarda jadalligi kamroq boʻlgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Ushbu kunlarda respublika hududining katta qismida qulay harorat foni saqlanib turadi, haftaning birinchi yarmida harorat 29−32 daraja, haftaning ikkinchi yarmida 32−35 daraja issiq boʻladi. Faqat janubda va choʻl hududlarda harorat kunduz kunlari 36−39 darajagacha koʻtariladi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 3−5-iyunda respublika boʻyicha baʼzi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi. Harorat 3−5-iyunda 30−33 daraja, 6−7-iyunda 32−35 daraja issiq boʻladi. Harorat asosan kechalari 18−21 daraja iliqqagacha boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring