Fitosanitariya talablari yengillashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning ellik toʻrtinchi yalpi majlisida “Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Qonun bilan fitosanitariya sertifikatini yoki guvohnomasini olish talab etilmaydigan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda eksport qiluvchi xorijiy mamlakatlarning fitosanitariya sertifikatini yoki guvohnomasini talab etish bekor qilinmoqda.

Shu bilan birga Qonunda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan karantin ostidagi mahsulotning har bir turkumiga alohida-alohida beriladigan karantin ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda, xorijiy mamlakatlardan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga yoʻl qoʻyilishi mustahkamlanmoqda.
Qonunga kiritilayotgan ushbu qoʻshimcha va oʻzgartirish oʻsimliklar karantini qoidalari hamda fitosanitariya talablarini yengillashtiradi.

Senatorlarning taʼkidlashicha, ushbu yangiliklar ichki bozorlarda asosiy turdagi mahsulotlar narxining barqarorligini taʼminlashga, import hisobidan qoplanadigan aholining isteʼmol talabi yuqori boʻlgan mahsulotlarni olib kirishda tadbirkorlik subyektlariga imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring