“Finalissima” 27-mart kuni boʻlib oʻtadi

20:19 12 Mart 2026 Sport
255 0

Yevropa va Janubiy Amerika mintaqasi gʻoliblari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “Finalissima” kubogi uchun bahs sanasi oʻzgarmaydigan boʻldi. Bu haqda “Kope” nashri xabar berdi.

Manba xabariga koʻra, oʻyin sanasi emas, bahs oʻtkaziladigan mamlakat oʻzgaradi. Tashkilotchilar ushbu bahsni Madrid shahrida joylashgan “Santyago Bernabeu” stadionida oʻtkazmoqchilar. Maʼlumot uchun, ushbu stadion “Real Madrid” jamoasining uy maydoni hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu oʻyin aslida 27-mart sanasida Qatar mamlakatida joylashgan “Lusail” stadionida oʻtkazilishi kerak edi. Ammo Fors koʻrfazidagi notinchliklar sababli oʻyin manzili boshqa mamlakatga koʻchirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?