Fargʻonadagi ikkita shaharda hokim oʻzgardi

19:03 04 Aprel 2020 Siyosat
1721 0

arxiv foto

Bugun, 4-aprel kuni Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev rahbarligida boʻlib oʻtgan xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Adhamjon Ziyavitdinov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Ayni vaqtga qadar viloyat uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi vazifasida faoliyat yuritgan Ravshan Rahimjonov esa Quvasoy shahar hokimi etib tayinlangan.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala koʻrildi.

Margʻilon shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.

Adham Toʻxtasinovich Ziyavitdinov Margʻilon shahar hokimi etib tayinlandi.

Maʼlumot uchun, Adham Ziyovuddinov 2011-yildan buyon Fargʻona viloyati Quvasoy tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

U, shuningdek, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosari va 2011-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Namangan viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida ham ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?