Fargʻonada Janubiy Koreyа ishlab chiqaruvchilari sanoat texnoparki tashkil etadi
Foto: “Dunyo” AA
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov mintaqada oʻz investitsion loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan 15 nafardan iborat Janubiy Koreya ishbilarmonlarning katta guruhini qabul qildi.
Hokim boshchiligidagi Fargʻona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil 27-30-mart kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi davomida Seulda Janubiy Koreya tadbirkorlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Fargʻona shahridagi Ekoshahar majmuasining tegishli kichik sanoat zonasi hududida Koreys ishlab chiqaruvchilari sanoat texnoparki tashkil etish hamda qator kompaniyalarning ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha hamkorlik bitimlari imzolangan edi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida “Incense Korea”, “Herbtherapy” (xushboʻy atirlar), “Juno cosmetics”, “Samhee” (kosmetika), “Techon System” (sensorli qurilmalar), “Korea Electric Lighting” (avtonom lampalar), Yeowoon (zargarlik buyumlari), “Daeha Solutech” (kabel ishlab chiqarish), “Juil” (yongʻinga qarshi himoya vositalari) va boshqa kompaniyalarning ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boʻyicha hamkorlik bitimlari imzolangandi.
Fargʻona boʻlib oʻtgan uchrashuvda ushbu kompaniyalar rahbarlari hamda boshqa qator sarmoyadorlar ishtirok etdilar.
Janubiy Koreyalik tadbirkorlar kun davomida viloyatning potensiali haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlishganini qayd etib, oʻz loyihalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy ishga kirishishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.
Fargʻona shahridagi Ekoshahar majmuasining tegishli kichik sanoat zonasi hududida Koreys ishlab chiqaruvchilari Sanoat Texnoparki tashkil etish boʻyicha Seuldagi muzokaralarda erishilgan kelishuvni hayotga tadbiq etish hamda aniq investitsion loyihalarni ishlab chiqishga kirishishlarini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring