Fargʻonada suv taʼminoti xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi

15:06 10 Mart 2026 Jamiyat
257 0

Foto: “Fargʻona suv taʼminoti” AJ

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani suv taʼminoti filiali xodimi fuqarolar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Fargʻona suv taʼminoti” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 9-mart kuni viloyatning Oʻzbekiston tumanida faoliyat olib borayotgan tuman suv taʼminoti filiali inspektori hamda mijozlar boʻlimi boshligʻi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida ayrim fuqarolar tomonidan tajovuzga uchragan.

Hodisa davomida inspektor kaltaklangan, shuningdek ularning xizmat avtomashinasiga shikast yetkazilgan. Jabrlangan xodimga zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilgan hamda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar idorasiga xabar berilgan.

Bildirilishicha, ayni paytda ushbu holat boʻyicha huquq-tartibot organlari tomonidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?