Fargʻonada “Nexia-2” bilan toʻqnashgan “Moskvich” ikkiga boʻlinib ketdi
Foto: Farg‘ona YHXB
Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanida “Nexia-2” va “Moskvich” oʻrtasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 2025-yil 28-noyabr kuni soat 15:00 atrofida Bagʻdod tumanidagi “Chuvalanchi” MFY hududidan oʻtgan 40V088 “Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi” yoʻlida yuz bergan.
Maʼlumotlarga koʻra, “Moskvich 412” avtomobili yoʻlning belgilanmagan qismidan ortga qayrilayotgan paytda uning ortidan kelayotgan “Nexia-2” avtomobili kelib urilgan.
Toʻqnashuv oqibatida “Moskvich” ikkiga boʻlinib ketgan, “Nexia-2” avtomobili ham jiddiy shikastlangan. Yuz bergan mazkur hodisa dahshatli boʻlsada, har ikkala mashina haydovchilari faqat yengil tan jarohati olgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB YHXB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring