Fargʻonada kuchli sel koʻchalarni qum-shagʻalga toʻldirdi

Foto: “Oʻzgidromet”
Kecha, 25-iyul kuni Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi Shohimardon mahallasi hududida sel oqimlari kuzatildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 15:30 atrofida jala yomgʻiri va doʻl yoqqan. Oqibatda “Qurqul” va “Bukan” sel yoʻlidan aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda 1,5−2 m3/s sel oqimi oqib tushgan. Toshqin suvi aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.

Shuningdek, Shohimardon MFY hududida joylashgan “Tosh” sel yoʻlidan soat taxminan 15:30 larda jala yomgʻir va doʻl yogʻishi natijasida 4-5 m3/s sel oqimlari vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti binosini yertoʻlasi va hovlisi hamda 2 ta aholi hovli joylariga qum-shagʻal kirgan, shuningdek yoʻl chetida turgan 2 ta avtomobilning atrof qismi qisman qum-shagʻal bilan qoplangan.

Hozirda tuman FVDT xizmatlari kuch va vositalari jalb etgan holda maxsus texnikalar yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Sel oqimlari natijasidan fuqarolar oʻrtasida jabrlanganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring