Fargʻonada 90 tup tol noqonuniy kesib tashlandi

17:25 08 Mart 2026 Jamiyat
677 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Buvayda tumanida 100 tupga yaqin daraxtga shikast yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, vaziyat boshqarma tomonidan oʻrganilganida ushbu holat Buvayda tumani “Markaziy Fargʻona choʻli” hududida joylashgan “Qozokovul 2018” fermer xoʻjaligi yer maydonida sodir etilganligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, fermer xoʻjaligi hududida 90 tup koʻp yillik tol daraxtlari noqonuniy ravishda kesilib, shikastlantirilgan. Oqibatda oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 110 million soʻmdan ziyodni tashkil etgan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda sud organlariga yuborilishi koʻrib chiqilmoqda. Taʼkidlanishicha, Fargʻona viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi tomonidan bu kabi qonunbuzarliklarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?