Fargʻonada 65 yoshli talaba yuridik texnikumini tamomladi
Foto: Farg'ona viloyati hokimligi matbuot xizmati
Joriy yilda Fargʻona viloyat yuridik texnikumini 248 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Bu yilgi tantanali bitiruv kechasi noanʼanaviy koʻrinishda oʻtkazildi. Chunki ushbu talabalar safida qoʻqonlik 65 yoshli talaba Avazbek aka Mazaidov ham bor. Qizigʻi shundaki, yuzlab talabalarni qutlagani ota-onalar tashrif buyurishgan boʻlsa, Avazbek akani esa nabiralari va farzandlari bu muvaffaqiyati bilan tabriklashdi.
— Yoshim 65 da. Qoʻqon shahar Oq oltin MFYda istiqomat qilaman. Hozirda xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashi deputatiman, — deydi Avazbek Mazaidov. — Bir necha yil avval mahallada oqsoqol boʻlib ishlaganimda, minglab fuqarolarga huquqiy koʻmak juda zarurligini anglaganman. Oʻshanda oʻz mahallamda bepul yuridik maslahat beruvchi nodavlat tashkilot ochishni maqsad qilgandim. Yuridik texnikumni tamomlaganim ana shu maqsadlarimning debochasi. Bir oy avval mahallada mutlaqo bepul boʻlgan yuridik markaz ochdim. Shu qisqa muddatda esa boshiga ish tushgan, muammoli vaziyatda boʻlgan mahalladoshlarimning 20 nafariga huquqiy koʻmak koʻrsatdim.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, 15 yil avval oʻz faoliyatini boshlagan Fargʻona yuridik texnikumi shu kungacha mehnat bozoriga 3 mingdan ortiq huquqshunos kadrlarni yetkazib berdi. Eʼtiborlisi, ularning 65 foizi ayni damda oʻz mutaxassisliklari boʻyicha faoliyat olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring