Yevropada JCh saralashining asosiy qismi yakunlandi
Kecha, 18-noyabr kuni Yevropa mintaqasida Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻyinlar yakuniga koʻra, 5 ta terma jamoa Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.
Ushbu tur Turkiya terma jamoasi bilan oʻz maydonida durang oʻynagan Ispaniya terma jamoasi 16 ochko toʻplagan holda “E” guruhiga birinchilik qildi va Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Soʻnggi turda Bosniya termasi bilan 1:1 hisobida durang oʻynagan Avstriya termasi ham 19 ochko jamgʻargan holda oʻz guruhida gʻolib boʻldi va mundial chiptasini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Belgiya, Shveysariya va Shotlandiya terma jamoalari ham soʻnggi turni muvaffaqiyatli oʻtkazgan holda Jahon chempionatining ishtirokchisiga aylandi.
Shunday qilib, Yevropa mintaqasidan mundial chiptasiga ega chiqqan 12 ta terma jamoa nomi maʼlum boʻldi. Qolgan 4,5 ta yoʻllanma uchun saralash oʻyinlari davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring