Yevropa Ittifoqi Afgʻonistondagi urushda “Tolibon” gʻalaba qozonganini tan oldi. Ammo...
Foto: AP
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Xosep Borrelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi “Tolibon” harakatining Afgʻonistondagi urushda gʻalabasini tan oladi. Ammo ayni paytda YEI Afgʻonistondagi yangi hukumatni tan olmaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Tolibon” urushda gʻalaba qozondi, shuning uchun biz migratsiya va gumanitar inqirozlarning oldini olish uchun kim boʻlishidan qatʼiy nazar, Kobuldagi yangi hokimiyat bilan muloqot qilishimiz kerak. Bu gap “Tolibon” hokimiyatini tan olish haqida emas, balki muloqot haqida», deydi Borrel.
15-avgustda “Tolibon” harakati Afgʻonistonning butun hududiga nazorat oʻrnatganini eʼlon qildi. Uning vakillari Kobuldagi davlat televideniyasini oʻz qoʻliga oldi va murojaat bilan chiqib, fuqarolarni tinchlikni saqlashga chaqirdi.
“Tolibon” Kobulga kirib kelishi bilan ming-minglab mahalliy aholi vakillari mamlakatni tark etish ilinjida aeroportga toʻplandi. Hatto, ayrim fuqarolar uchib ketayotgan samolyot qanotlariga ham chiqib oldi. Natijada maʼlum vaqt davomida aeroportda ish toʻxtab qoldi. Aeroport hududida tartibni saqlash uchun oʻq otar qurollardan ham foydalanilgan.
Germaniya prezidenti ushbu voqealarni Gʻarb uchun sharmandali deya aytib oʻtdi.
Oldinroq, “Tolibon” tinch aholidan qurollarni tortib olishni boshlagani va Afgʻoniston maxsus kuchlari tarqatib yuborilgani haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring