Ertaga ayrim hududlarda qor yogʻadi
arxiv foto
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 9-aprel kuni Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqgacha, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 1 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi Harorat kechasi 0-5, 8-13 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, 7-12 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻ xududlarida (1800 m dan yuqorida) qor qoʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring