Eronning talablari va Trampdan chalkash chiqishlar
Deyarli bir oy oldin AQSHning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner Jenevada eronliklar bilan bilvosita uchrashdi. Tramp maʼmuriyati diplomatiya ular maʼqul koʻrgan yoʻl ekanligini ilgari surishda davom etar ekan, ikki kundan keyin AQSH va Isroil Eronga qarshi urush boshladi.
Prezident Donald Tramp dushanba kuni, 23-mart sanasida ikki mamlakat mojaroga chek qoʻyish boʻyicha muzokaralar olib borayotganini eʼlon qilganidan soʻng, Qoʻshma Shtatlar yana muzokaralarga qaytishga intilmoqda.
Koʻrfaz va Yevropa ittifoqchilari mojaroni tugatish yoki hatto sulh tuzish boʻyicha muzokaralar olib borishda turtki yoʻqligidan xavotirga tushmoqda. Bu haqda CNN telekanaliga bir nechta manbalar xabar bergan.
Ikki tomon oʻrtasida uchrashuv tashkil etishga urinishlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, ikki mamlakat talablari oʻrtasidagi katta tafovutni hisobga olgan holda, bunday yigʻilish yaqin orada boʻlib oʻtishi ehtimoldan yiroq.
AQSH va Isroilning davom etayotgan harbiy harakatlari ehtimoliy muzokaralar fonida katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, Tehron urush boshlanishidan oldin oʻzida boʻlmagan asosiy vositaga ega ekanligini his qilmoqda. Gap Hoʻrmuz boʻgʻozi ustidan nazorat haqida ketyapti.
“Ikki tomon muzokaralarga kirishishdan oldin asosiy masalalar kelishib olinishi kerak”, — degan mintaqaviy manbalardan biri CNNga. Eronliklar endi maksimalist taklifga maksimal darajada yoʻq, deb javob bermoqda.
Shu hafta boshida AQSH Pokiston orqali Eronga 15 banddan iborat talablar roʻyxatini yetkazdi. Talablarning aksariyati urush boshlanishidan oldin AQSH tomonidan ilgari surilgan shartlarni aks ettiradi: Eron yadroviy qurolga ega boʻlmaslikka vaʼda berishi, AQSHning Eronning yuqori darajada boyitilgan uraniga egalik qilishi, Tehronning mudofaa qobiliyatini cheklashi va Eronning proksi-guruhlarni qoʻllab-quvvatlashini toʻxtatishi.
“Agar bu haqiqatan ham AQSHning pozitsiyasi boʻlsa, muvaffaqiyatli muzokaralar qiyin kechadi”, — degan Eron boʻyicha direktor boʻlib ishlagan AQSH hukumatining sobiq martabali amaldori Neyt Svonson CNNga.
Urushdagi yana bir muhim oʻyinchi boʻlgan Isroil, AQSH Eron bilan muzokaralarni osonlashtirish uchun bir oylik sulh eʼlon qilishi mumkinligidan xavotirda. Shuningdek, Tel-Aviv gʻalaba qozonishga shubha bilan qaramoqda. Bu haqda Isroilning ikki manbasi CNNga maʼlum qilgan.
“Eron berishga tayyor boʻlishi mumkin boʻlgan maksimal miqdor AQSH talab qilayotgan minimal miqdorga mos kelmaydi”, — dedi manba. AQSH ilgari surayotgan yadroviy cheklanishlar va bir qancha bandlar Isroilni xursand qiladi. Yana bir Isroil manbasining qoʻshimcha qilishicha, uzoq muddatli sulh bitimi Isroil uchun tashvish boʻlib qolaveradi. Masalan ballistik raketa dasturi, proksi guruhlar shular jumlasidandir. Tahlilchilarga koʻra, aftidan Eron diplomatiya istiqbollarini jiddiy qabul qilmayotgan koʻrinadi.
Chorshanba kuni Eron rasmiysi mamlakatning oʻz talablari roʻyxatini bayon qildi. Bu haqda Press TV xabar bergan. Ular orasida tajovuz va suiqasdlarni toʻliq toʻxtatish, Eronga qarshi urush qayta boshlanmasligini taʼminlash uchun aniq mexanizmlarni yaratish, urush zararlari va kompensatsiyalarini kafolatlangan va aniq belgilangan tartibda toʻlash, barcha jabhalarda hamda mintaqadagi barcha Eron vakillari uchun harbiy operatsiyalarni toʻxtatish, Eronning Hoʻrmuz boʻgʻozi ustidan suverenitetini amalga oshirishi kafolati bor.
Amaliy kelishuvning belgisi yoʻq
AQSHning Eronning harbiy salohiyatini pasaytirish borasidagi yutuqlariga qaramay, Tehronning asosiy suv yoʻlini egallab olishi yoqilgʻi narxining keskin oshishiga va global bozorlarni taranglashtirishga olib keldi. Bu, shuningdek, Eron uchun kelajakdagi muzokaralarda potensial ustunlikdir. Manbalarning taʼkidlashicha, ikki tomon oʻrtasida xabar almashayotgan suhbatdoshlarning hech biri amaldagi kelishuv qanday kechishi haqida maʼlumotga ega emas.
Baʼzi Fors koʻrfazi davlatlari va AQSHning boshqa ittifoqchilari janglarning zudlik bilan toʻxtatilishini va boʻgʻozning ochilishini istashsa, boshqalari yanada kengroq kelishuvga erishilishini xohlaydi. BAAning AQSHdagi elchisi Yusuf al-Otaybaning chorshanba kuni The Wall Street Journal gazetasida chop etilgan maqolasida sulh hozircha yetarli emasligini aytib, umumiy kelishuvga erishishni yoqlab chiqdi.
“Oddiy sulh yetarli emas. Bizga Eronning barcha tahdidlarini: yadroviy imkoniyatlar, raketalar, dronlar, terrorizmga qarshi kurashuvchi provayderlar va xalqaro dengiz yoʻllarini blokirovka qilishni hal qiladigan yakuniy natija kerak”, — deb yozgan Otayba.
Eron rasmiylari AQSH bilan muzokaralar olib bormayotganliklarini taʼkidlashda davom etmoqdalar, ammo Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ikki mamlakat oʻrtasida vositachilar orqali xabar almashinuvi boʻlganini tan oldi.
“Xabarlar yuborilayotgani va biz ogohlantirishlar bilan javob berishimiz yoki oʻz pozitsiyamizni bildirishimiz muzokara yoki muloqot deb atalmaydi; bu xabarlar almashinuvi”, — degan u Eron Islom Respublikasi davlat teleradioeshittirish tarmogʻida.
Shu bilan birga, Oq uy matbuot kotibi Karolin Leavitt chorshanba kuni muzokaralar davom etishini va ular samarali boʻlishini taʼkidladi.
“Tramp maʼmuriyati rasmiylari shu hafta oxirida Pokistonda urushni toʻxtatishga tayyorgarlik koʻrish masalasini muhokama qilish uchun uchrashuv tashkil qilish ustida ishlamoqda”, — deb xabar berdi CNN telekanaliga ikki yuqori lavozimli maʼmuriyat rasmiysi. Hozirgi rejalarga koʻra, vitse-prezident J. D. Vens va Trampning boshqa yuqori lavozimli amaldorlari bilan birga mamlakatga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Eron vakillari Tramp maʼmuriyatiga Uitkoff va Kushner bilan muzokaralarni qayta boshlashni istamasligini va Vens bilan muloqot qilishni afzal koʻrishini maʼlum qilishgan. Bu haqda mintaqadagi ikki manba xabar bermoqda. Seshanba kuni Tramp Vens, Davlat kotibi Marko Rubio, Kushner va Uitkoff hozirda Eron bilan muzokaralarga rahbarlik qilayotganini aytdi.
Baʼzi manbalar uchrashuv Turkiyada oʻtishi mumkinligini yozmoqda, chunki Pokistonda xavfsizlik borasida bir qancha muammolar borligi aytiladi.
“Ushbu hafta oxiri boʻlib oʻtadigan muzokaralar haqida qizgʻin bahs-munozaralar fonida, Fors koʻrfazi ittifoqchilari Tramp maʼmuriyatini Xark orolini egallab olish yoki Eronning yuqori darajada boyitilgan uranini cheklash uchun urushni kuchaytirmaslikka chaqirmoqdalar”, — dedi Fors koʻrfazining yuqori lavozimli amaldori. AQSHning orolni egallab olishi koʻplab qurbonliklarni keltirib chiqarishi, mintaqaviy infratuzilmaga qarshi Eronning qasos olishiga sabab boʻlishi va mojaroni uzaytirishi mumkinligidan xavotirlar ham bor.
Shunga qaramay, AQSHning keyingi harbiy harakatlariga boʻlgan shashti yuqori. Vaziyat bilan tanish boʻlgan ikki manbaga koʻra, yaqin kunlarda Yaqin Sharqqa armiyaning 82-havo desant diviziyasidan taxminan 1000 nafar amerikalik askar joylashishi kutilmoqda. Bu esa Tramp maʼmuriyati mojaroni tugatish uchun Eron bilan muzokaralar olib borayotganini aytayotgan bir paytda mintaqadagi harbiy kuchlarning oʻsib borayotganini koʻrsatadi.
Oq uy matbuot kotibi chorshanba kuni Eron hozirgi voqelikni tan olmasa, Tramp doʻzaxga ravona qilish bilan tahdid qilishini aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring