Eron prezidenti AQSH va uning ittifoqchilari siyosatini buzgʻunchi deb atadi

Foto: AP
Eron prezidenti Masʼud Pezeshkiyon AQSH va uning ittifoqchilarining buzgʻunchi siyosati Tehron uchun nomaqbul ekanligini, Eron Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, BRIKS va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi kelishuvlarni qoʻllab-quvvatlashini aytdi.
Bu haqda u Belarus davlati rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar boshida aytib oʻtdi.
“Global ahamiyatga molik umumiy masalalar, xususan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, BRIKS, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida erishilgan kelishuvlar boʻyicha umumiy pozitsiyamiz va qarashlarimiz borligini tasdiqlayman. Bular haqiqatan ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama munosabatlarni rivojlantirishimiz mumkin boʻlgan asoslardir... Amerika Qoʻshma Shtatlari va uning ittifoqchilari butun dunyo boʻylab olib borayotgan buzgʻunchi bir tomonlama yondashuvi biz uchun nomaqbuldir. Biz mustaqil boʻlib qolishni istaymiz – ham oʻz vatanimiz, ham sizning mamlakatingiz va mustaqil qarorlar doirasida doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirishimiz mumkin”, – dedi Eron prezidenti.
U Gʻarbning Eron va Belarusga qarshi sanksiyalarini noqonuniy deb atadi.
“Ular 40-yildan ortiq vaqtdan beri mamlakatimizga qarshi sanksiyalar qoʻllamoqda, yaqinda esa sizga qarshi sanksiyalar qoʻllay boshladi. 40-yildan ortiq vaqtdan beri ular mamlakatimizga qarshi sanksiyalar qoʻllamoqda, yaqinda esa sizga qarshi sanksiyalar qoʻllay boshladi. Biz tushunamizki, bu noqonuniy sanksiyalarning barchasini zararsizlantiradigan yagona narsa bu munosabatlarimizni rivojlantirish va amalda amalga oshiriladigan kelishuvlardir”, – deydi Pezeshkiyon.
Shuningdek, u tashrif uzoq vaqtdan beri rejalashtirilganini, biroq uni keyinga qoldirishga toʻgʻri kelganini eslatib oʻtdi.
Eron prezidenti Minskda iyun oyi oxirida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tadbirlariga kelishi kutilgan edi. Biroq Eron atrofidagi keskin vaziyat tufayli tashrif qoldirilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring