Erkinjon Turdimov: “Har bir devor ortida yoʻqotilgan imkoniyatlar bor”
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida tijorat banklari balansidagi va qarzdorlik evaziga oʻtgan obyektlar boʻyicha oʻtkazilgan tanqidiy tahliliy taqdimotda boʻsh turgan binolar bank hisobotlaridagi shunchaki raqam boʻlib qolmasligi, ular iqtisodiyotga foyda keltirishi shartligi taʼkidlandi.
Tadbir oddiy hisobotdan koʻra, keskin tanqidiy-tahliliy va ochiq hamda amaliy muloqot shaklida oʻtdi. Xulosa va talab yagona boʻldi: yaʼni “qogʻozdagi aktivlar”ni ishlaydigan, daromad keltiradigan va yangi ish oʻrinlari yaratadigan real loyihalarga aylantirish.

“Bank balansida turib qolgan, ishlamay turgan bino — bu oʻlik resurs. Uni shunchaki saqlab oʻtirib boʻlmaydi, uni zudlik bilan aylanmaga kiritish kerak. Har bir devor ortida yoʻqotilgan imkoniyatlar bor — byudjetga tushum, aholiga xizmat, odamlar uchun ish haqi. Bizning vazifamiz — mol-mulk toʻplash emas, balki uni ishlatadigan, unga hayot bagʻishlaydigan tadbirkorlarga berish. Obyektlarni ishga tushirish muddatlari aniq va qatʼiy boʻlishi shart, shaxsiy javobgarlik ham. Jarayonni choʻzishga yoʻl qoʻyilmaydi”, dedi Erkinjon Turdimov.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring