“Yer yuzining sayqali”dan yangrayotgan sehrli navolar(Foto)
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali doirasida “Sharq xalqlari anʼanaviy musiqa sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Sharq xalqlari musiqa sanʼati tarixi, oʻziga xos anʼanalari va bugungi istiqbollarini oʻrganish, targʻib qilish inson ongu qalbiga maʼnaviy tahdidlar kuchaygan bugungi kunda gʻoyat dolzarb ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Konferensiyada Sharq musiqasining shakllanishi va rivojlanishi bilan bogʻliq dolzarb muammolar, “Ustoz — shogird” anʼanalari, qadimiy musiqa sanʼatini avaylab asrash masalalari muhokama qilindi. Unda AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Eron, Afgʻoniston, Fransiya, Norvegiya, Moldova davlatlari hamda yurtimizdan 30 ga yaqin sanʼatshunos va tarixchi olimlar, bastakorlar qatnashdi.
Moldovalik Fedor Zanetning gagauz xalqining milliy bayramlari va yomgʻir chaqirish marosimlarida ijro etiladigan qoʻshiqlari, amerikalik olim Konni Zaoning moʻgʻullarning choʻl qoʻshiqlari, qozogʻistonlik Aygul Baybekning qozoq anʼanaviy ijrochiligi va milliy musiqa asboblari haqidagi chiqishlari koʻpchilikda yorqin taassurot qoldirdi.
Shuningdek, oʻzbekistonlik olimlarning oʻzbek anʼanaviy musiqasi rivojlanish bosqichlari, Husayniy maqom yoʻllarining oʻziga xosligi, Buxoro shashmaqomi toʻgʻrisidagi ilmiy qarashlari ham katta qiziqish bilan qabul qilindi.
Anjumanda sohaga oid adabiyotlar taqdimoti oʻtkazildi va konferensiya deklaratsiyasi qabul qilindi.
Samarqand shahridagi koʻhna Registon uzra yangragan qadim ohanglar viloyatning turli tumanlarida ham aks sado bermoqda. Chunonchi, xalqaro festival dasturlari endilikda viloyatning chekka tumanlarida ham davom etmoqda. Bu, albatta, hudud ahli, ayniqsa, yoshlar uchun oʻziga xos musiqa bayramiga aylanib ketdi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring