Eng ilg‘or harbiy uchuvchilariga Toshkent shahridan uy beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining o‘n nafar eng ilg‘or aviatsiya mutaxassisiga har yili Toshkent shahridan uy-joy ajratiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi qaroriga muvofiq, endilikda Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan uy-joy ajratish to‘g‘risidagi taqdimnomani ko‘rib chiqadi va shundan so‘ng belgilangan xodimlarga ko‘chmas mulk taqdim etiladi.
Hujjatga ko‘ra, Harbiy uchuvchilarga uy-joylar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring