Elchixonalarimizni sharqona uslubda bezagan usta
Qoʻqon yogʻoch oʻymakorligi maktabi anʼanalari islimiy naqshlari, zargarona bezak beriladigan mahobatli ustunlari, mahoratli ustalarning nozik va nafis didi bilan oʻziga xos va betakrordir.
Bu maktabning munosib vorislaridan biri boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi, “El-yurt hurmati“ ordeni sohibi Muhammadali Yunusov ezgu anʼanalarni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirib, Fargʻona yogʻoch oʻymakorligi sanʼatini nafaqat mamlakatimiz, dunyo miqyosida mashhur boʻlishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda.
Mamlakatimizning Ukraina, Xitoy davlatlarida joylashgan elchixonalari, Fargʻona va Qoʻqon shaharlari, poytaxtimiz Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz singari qadimiy maskanlarda yangi qurilish, taʼmirlash jarayonlaridagi hayratlanarli ishlari orqali usta oʻziga unutilmas haykallar qoʻyib ulgurgan. Tabarruk yoshda ham qahramonimiz aslo tinib-tinchimaydi.
Hormang, usta aka. Halol, sidqidildan qilayotgan mehnatingizga rivoj va baraka!
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring