Dunyoda koronavirus. Yaponiyadagi antirekod va boshqa yangiliklar
Foto: Xasan Paydo / “Xalq soʻzi”
— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 2,6 mln. nafardan oshdi, 185 mingdan ortiq bemor vafot etgan, 727 mingdan ziyodi tuzalgan.
Amerikada:
— AQSHda ishsizlik nafaqasini soʻrab murojaat qilganlar soni bir oyda 26 mln.dan oshdi. Virusni yuqtirganlar soni 846 mingdan koʻpaydi, 46 mingdan ziyod inson hayotdan koʻz yumdi..
— Kanada koronavirusga qarshi kurashishga 780 mln. dollar ajratmoqda.
Yevropada:
— JSST maʼlumotiga koʻra, Yevropada infeksiyani yuqtirish bilan bogʻliq holatlarning haftalik koʻrsatkichi chorak miqdorda oʻsgan.
— Italiyada bir sutkada tuzalganlar soni yuqtirganlar sonidan birinchi marta koʻpaydi: 3033 kishi tuzaldi, 2046 kishi kasal boʻldi. Mamlakatda bemorlar soni qariyb 190 ming nafar, 25,5 mingdan ortiq inson shu darddan vafot etdi.
— Buyuk Britaniyada ketma-ket ikkinchi kun oʻlim holatlari pasaymoqda. Mamlakatda bemorlar soni 139 mingdan koʻp, 18,7 ming bemor hayotdan koʻz yumgan.
— Xorvatiya bosh vaziri cheklov qoidalari bosqichma-bosqich bekor qilinishini eʼlon qildi.
— Fransiyada birdaniga hamma hududlarda karantinni bekor qilish ishlari oʻtkaziladi. Bugungi kunda bu yerda 157 mingdan ziyod bemor bor, 21,3 ming kishi vafot etgan.
Boshqa hududlarda:
— Yaponiyada bir sutkada 29 kishi dunyodan koʻz yumdi. Bu shu paytgacha qayd etilgan antirekorddir.
— Pokiston hukumati koronavirus tashuvchilarini topishda terrorchilarni qidirish uchun ishlab chiqarilgan tizimdan foydalanishmoqda.
— Indoneziya transport vazirligi havo va dengiz qatnovlari vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring