Dron va samolyotlar orqali yerdan foydalanish nazorati kuchayadi
“Yerga oid munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–287-son, 18.09.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Kadastr agentligining “E-YER NAZORAT” tizimi davlat yer nazoratini yuritishning yagona elektron platformasi hisoblanadi.
2026-yil 1-yanvardan maxsus vakolatli davlat organlarining yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, jumladan, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash, ularga tegishli choralar koʻrishga oid vazifalari faqatgina “E-YER NAZORAT” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Yerga oid huquqbuzarlik darajasiga koʻra hududlarni quyidagicha toifalarga boʻlish belgilandi:
“qizil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori hududlar;
“sariq” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash ehtimoli oʻrta hududlar;
“yashil” toifadagi hudud – yer uchastkalaridan samarasiz foydalanish, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash ehtimoli past hududlar.
Bunda “qizil” toifadagi hududlarda maxsus dronlardan foydalangan holda har chorakda kamida 1 marotaba, “sariq” toifadagi hududlarda maxsus samolyot yordamida har 6 oyda kamida 1 marotaba monitoring kuzatuvlari olib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring