“Dizayn” jamoasi aʼzosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi

18:25 13 Fevral 2026 Madaniyat
1569 0

Videodan kadr

“Dizayn” jamoasi aʼzosi, qiziqchi Dilshodbek Musabekov 50 yoshida vafot etdi. Bu haqda boshqa bir kulgi jamoasi — “Bravo” vakili Otabek Mirzaxolov maʼlum qildi.

Komik aktyor bugun, 13-fevral kuni hamkasbining suratini Instagram sahifasiga joylagan va rasm ostida “Alloh marhumni oʻz rahmatiga olsin, joylarini jannatdan qilsin. Sabr bersin”, deya izoh qoldirgan.

Shuningdek, qiziqchi Ulugʻbek Xolmedov ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Dilshodbek Musabekovning vafoti munosabati bilan post joylab, muxlislardan marhumning haqqiga duo qilishlarini soʻragan.

Dilshodbek Musabekov Andijon viloyatida tugʻilgan. “Dizayn” jamoasidagi va kino-filmlardagi yumoristik chiqishlari orqali keng omma eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Shuningdek u “Jaydari zarba”, “Labbay rais” kabi bir qator filmlarda ham rol ijro etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер