Denovdagi “zapravka”da portlash sodir boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “zapravka”da gaz toʻldirayotgan “Kamaz”da yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, holat bugun, 7-aprel kuni soat 08:24 da Denov tumani, “Oqtom” MFYda joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida sodir boʻlgan.
Unda “Kamaz” rusumli suyultirilgan (propan) gaz tashuvchi maxsus avtomobildan sigʻimga gazini quyish vaqtida sigʻimda chaqnash sodir boʻlib, natijada yongʻin kelib chiqqanligi toʻgʻrisida “112” tizimidan Surxondaryo viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan hodisa joyiga 5 ta qutqaruv boʻlinmalari soat 08:39 da yetib borib, yongʻin soat 08:42 da oʻrab olingan va soat 10:10 da toʻliq oʻchirilgan.
Dastlabki maʼlumotga koʻra, sigʻimning yorilishi sababi maxsus avtomobildan propan gazini boʻshatish vaqtida texnologik jarayonning buzilishi deb taxmin qilinmoqda.
Hozirda voqea joyiga viloyat FVB rahbar xodimlari, Denov tumani IIB, SSB, “Hududgaztaʼminot” rahbar va xodimlari chiqishgan hamda hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring