Adliya vaziri endi basketbol federatsiyasiga ham rahbarlik qiladi
2 iyun kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston basketbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenatsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya avvalida yig‘ilganlarga kun tartibi tanishtirildi. Unga ko‘ra, federatsiya rahbarining vakolat muddati yakunlangani sabab tashkilotga yangi rahbar saylab olish kunning asosiy masalasi sifatida qayd etildi.
Bungacha O‘zbekiston basketbol federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Dusanov Zohid Abduqayumovich sog‘lig‘i yomonlashgani sababli o‘z lavozimini tark etgani ma’lum qilindi.
So‘ngra, kun tartibiga binoan delegatlar tomonidan federatsiyaning yangi nizomi tasdiqlandi.
Keyin esa federatsiya rahbarligi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Davletov Ruslanbek Quroltoyevich nomzodi taklif etildi. Konferensiya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa R.Davletov O‘zbekiston basketbol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Ishonchni oqlayman. Birinchi vazifamiz, federatsiya tizimidagi ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olishdir. Tashkilot tizimini qayta ko‘rib, kimning qanday imkoniyatlarga ega ekanligini o‘rganib chiqamiz. Basketbolni rivojlantirish uchun bizga malakali mutaxasisslar kerak bo‘ladi. Bu borada qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilaman va kelajakda albatta yaxshi natijalarni qo‘lga kiritamiz”, – dedi R.Davletov.
Shuningdek, yangi rahbar viloyatlarda ham basketbolni rivojlantirishga e’tibor qaratishini, terma jamoa uchun xorijdan malakali murabbiylar jalb qilinishini, bugungi kunda eng asosiy muammolardan biri bo‘lib turgan baza masalasi hal qilinishiga ham alohida urg‘u berib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring