Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari belgilandi
“Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–1087-son, 04.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur qonun, davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat mudofaa buyurtmasi – Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish uchun davlat buyurtmasi hisoblanadi.
Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka boʻlgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, tasdiqlash va bajarish;
- buyurtmachilarni harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar bilan oʻz vaqtida hamda kafolatli tarzda qurollantirish va taʼminlash;
- davlat mudofaa buyurtmasi uchun ajratilgan moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash.
Shuningdek, davlat mudofaa buyurtmasining loyihasi Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan davlat mudofaa buyurtmasi navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda inobatga olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring