Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 6-9-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun, 6-mart kuni kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimolida va ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Havo harorati koʻtariladi va kun oʻrtasiga kelib havo 10-15 daraja iliqqacha isiydi.
Bugun kechqurun koʻpchilik viloyatlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan tashqari) baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Kunduzi havo harorati 15-20 daraja iliqqacha koʻtariladi.
8-mart kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida ayrim joylarda va Navoiy viloyati choʻl hududining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja atrofida boʻladi.
9-martda respublika hududiga yana nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi boʻyicha (shimoliy hududlardan tashqari) baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, Navoiy viloyati choʻl hududida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 11-13 daraja iliq boʻladi. Kechasi biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Ertaga kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq boʻladi.
8-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq boʻladi. 9-mart kuni esa kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring