COVID-19 odam koʻz yoshlarida ham saqlanishi mumkin
Italiyaning yuqumli kasalliklarni oʻrganish boʻyicha milliy instituti olimlari tojdor virus odamning koʻz yoshlari tarkibida ham saqlanishi mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.
Gap shundaki, apeninlik olimlar koronavirusga chalingan italiyalik ayolning koʻz pardasini tekshiruvdan oʻtkazishdi. Bemorning koʻz yoshlari tarkibi oʻrganilganda, unda COVID-19 infeksiyasi izlariga kelishdi.
Institut direktori Marta Brankaning aytishicha, bu yangilik koronavirus degan katta va murakkab boshqotirmani yechishning kichik bir qismidir.
Bundan oldin germaniyalik mutaxassislar turli yuzalardan namuna olib tajriba oʻtkazishgandi. Natijada tojdor virus turli yuzalar(eshik tutqichlari, telefonlar, pollar)dan odamga oʻtishi oʻz isbotini topmadi. Shu bois nemis olimlari yakunda mazkur virus odamlar oʻrtasidagi yaqin aloqalardan soʻng deyarli yuz foiz yuqadi degan xulosaga kelishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring