Chimyonda qor koʻchkisi sodir boʻldi
Boʻstonliq tumani, Chimyon hududida qor koʻchkisi sodir boʻldi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 12-yanvar kuni, taxminan soat 11:00-17:00 oraligʻida Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon hududida yoqqan yogʻingarchilik natijasida 100 m3 hajmdagi 1 ta qor koʻchkisi kuzatilgan.
Hodisa oqibatida talafot olgan va jabrlanganlar aniqlanmagan.
“Hududda ob- havo sharoiti yomonligi sababli muddatidan kech taqdim etilmoqda. Gidrometeorologiya xizmati agentligi mutaxassislari tomonidan hududda ob-havo oʻzgarishining doimiy monitoringi olib borilmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring