“Chelsi”dan magʻlubiyat, “Arsenal”dan ishonchli gʻalaba
Kecha, 14-mart kuni Angliya Premyer ligasining 30-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida muxlislar 5 ta oʻyinga guvoh boʻlishdi.
Dastlabki oʻyinda “Byornli” jamoasi “Bornmut” klubini qabul qildi. Ligadan chiqib ketish uchun asosiy daʼvogarlardan biri boʻlib turgan mezbon jamoa, 10-oʻrindagi raqibi bilan koʻp jihatdan teng oʻynay oldi. Ammo bahsda hisob ochilmadi.
Ushbu tur oldidan 37 ochko jamgʻargan holda 14-oʻrinni egallab turgan “Brayton” klubi ushbu bahsda gʻalaba qozonishni uddaladi va mos ravishda jadvalning 11-oʻrniga koʻtarilib oldi.
Mazkur bahsda “Brayton”ga “Sanderlend” jamoasi raqiblik qildi. Uchrashuv 0:1 hisobi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Yankubo Mintex mualliflik qildi.
Yevropa chempionlar ligasida PSJdan jiddiy zarba qabul qilib olgan “Chelsi” jamoasi ushbu turda ham magʻlubiyatga uchradi. Jamoa bu gal oʻz maydonida “Nyukasl”dan ustun kela olmadi.
Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Entoni Gordon mualliflik qildi.
Premyer liga chempionligi sari yakunlashib kelayotgan “Arsenal” klubi bu turda ishonchli, ammo qiyin gʻalabaga erishdi. “Everton” klubiga qarshi bahs 2:0 hisobida yakunlandi. Gollarga 90-daqiqada Viktor Gyokeresh va 90+7 daqiqada Maks Douman mualliflik qildi.
Turnir jadvalida “Arsenal”ni taʼqib etib kelayotgan “Manchester Siti” klubi esa ushbu turga kelib yana ochko yoʻqotdi. Yevropa chempionlar ligasida “Real Madrid”dan jiddiy zarba qabul qilib olgan “shaharliklar” ushbu turda “Vest Hem”ni magʻlub eta olishmadi.
Uchrashuvda hisob 31-daqiqada Bernardu Silva tomonidan ochildi. 35-daqiqada Konstantinos Mavropanos muvozanatni tikladi. Shu tariqa oʻyin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi. Futbolchining harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,7 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, APLda bugun ham tur oʻyinlari davom ettiriladi. Kun doirasida muxlislar turning markaziy oʻyiniga ham guvoh boʻlishadi. Ushbu bahsda “Liverpul” jamoasi “Tottenhem” bilan kuch sinashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring