Recommended

Joriy yil ham 5 tagacha yoʻnalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli taʼlim shaklini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi

Prezident qaroriga koʻra, abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi.

11:09 16 Iyun 2022
“Toshkent – Volgograd – Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdining harakati 25-iyundan boshlanadi

324/323-sonli “Toshkent – Volgograd – Toshkent” yoʻnalishlarida yoʻlovchi poyezd haftaning shanba kuni soat 23:58 da “Toshkent-Markaziy” temir yoʻl vokzalidan joʻnab ketadi va seshanba kuni soat 09:56 da Rossiya Federatsiyasining “Volgograd” temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.

10:40 16 Iyun 2022
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha yangi tartib belgilandi

Xorijdan va Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirishda oʻtgan yilgi tartib saqlanib qolgan.

10:33 16 Iyun 2022
Kecha yurtimizda kasallanishlar soni yana ortib, 57 nafar kishida koronavirus aniqlandi

2022-yil 15-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239376 (+57) nafarni tashkil etmoqda.

10:13 16 Iyun 2022
XTV oʻqituvchilarga mehnat taʼtili toʻlovi kechikayotganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Bugundan boshlab maktab xodimlariga mehnat taʼtili toʻlovlari toʻlab boriladi.

18:12 15 Iyun 2022
Yaponiya bilan oʻyin vaqtida “Bunyodkor” stadioni atrofidagi yoʻllar yopiladi

Maʼlumot uchun, bugun, 15-iyun soat 21:00da “Bunyodkor” stadionida Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasidagi Oʻzbekiston – Yaponiya uchrashuvi boshlanadi.

18:03 15 Iyun 2022
Uzumchilik uchun subsidiya berishning yana bir turi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan Uzum koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.

17:48 15 Iyun 2022
2 million soʻm oylik olayotgan texnikum yoki kasb-hunar maktabi muallimlaridan kamida 5 million soʻm ish haqi oladigan mutaxassislar tayyorlab berishni talab qilayapmiz — Prezident

Universitetlar huzuridagi malaka oshirish fakultetlari oʻrniga har bir viloyatda Professional tayyorgarlik markazlari tashkil etiladi.

16:43 15 Iyun 2022
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori oʻzgardi

Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori vazifasida ishlab kelgan Axmatov Yashin Ravshanovich ushbu markazning Qashqadaryo filiali direktori lavozimiga tayinlandi.

16:23 15 Iyun 2022
Oliygohlarda oʻqitilayotgan kamida 60 ta yoʻnalish texnikumlarga oʻtkaziladi

Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum oʻqituvchilarining ish haqi oliygoh oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

15:52 15 Iyun 2022
Joriy yilning 15 — 17-iyun kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli Fargʻona vodiysining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 15 — 17-iyun kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli Fargʻona vodiyisining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

10:45 15 Iyun 2022
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yil yakuni boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik indeksi shakllantiriladi

“Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

10:38 15 Iyun 2022
Rossiya Federatsiyasi bilan yoʻlovchi poyezdlarning harakati qayta tiklanmoqda

2022-yil 23-iyundan boshlab 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdining harakatlanishi boshlanadi.

10:28 15 Iyun 2022
Ogʻir atletikachilarimiz Meksikadagi dunyo birinchiligini 3 ta medal bilan boshlashdi

Meksikaning Leon shahrida oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki medallariga sazovor boʻldi.

10:22 15 Iyun 2022
Qiziq fakt. Kelinning yoshi kuyovnikidan katta boʻlgan nikohlar eng koʻp Toshkent shahrida qayd etilgan

2022-yilning yanvar-aprel oylarida respublika boʻyicha 3 695 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta boʻlgan.

10:11 15 Iyun 2022
Qozogʻiston Respublikasining Jambul oblasti Jambul rayonida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan avtobus YTHga uchradi

FVV matbuot xizmati xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida ushbu avtotransport vositalarida yongʻin kelib chiqqan.

10:07 15 Iyun 2022
Qoʻshrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shakarboyev Dilshod Davronovich Qoʻshrabot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

09:53 15 Iyun 2022
Belarus SHHTga aʼzo boʻlmoqchi

Taʼkidlanishicha, Belarus tomoni mamlakatni SHHTga tezkorlik bilan qabul qilish boʻyicha soʻrov yuboradi.

16:24 14 Iyun 2022