Hujjatlar

Davlat va korporativ qimmatli qogʻozlarning yagona hisobi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJda yuritiladi

“Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-291, 02.09.2023-y.) qabul qilindi.

12:25 01 Dekabr 2023
Qozogʻiston bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-882, 30.11.2023-y.) bilan Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnoma (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ratifikatsiya qilindi.

09:57 01 Dekabr 2023
Oilaviy mehmon uylari, xostellar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (622-son, 27.11.2023-y.) bilan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

17:20 28 Noyabr 2023
Tadbirkorlar oʻrtasida yongʻin xavfsizligi aʼlochisi tanlovi oʻkaziladi

Hukumat qarori (620-son, 24.11.2023-y.) bilan “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi.

11:34 27 Noyabr 2023
“Yashil toʻlov” platformasi joriy qilinadi

“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–199-son, 23.11.2023-y.) qabul qilindi.

10:25 24 Noyabr 2023
Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi

Hukumat qarori (613-son, 20.11.2023-y.) bilan “Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi.

16:10 23 Noyabr 2023
Qonun bilan farmakologik vositaning yoki dorining klinik tadqiqotida sogʻlom shaxslar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkinligiga oid qoʻshimchalar kiritildi

“Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ-879-son, 22.11.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

14:15 22 Noyabr 2023
2023-yilning 10 oyi davomida 19 359 ta geografik obyekt nomlari davlat reestriga kiritildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kadastrlar palatasi axborot xizmati rahbari Munojat Yoʻldosheva maʼlum qildi.

13:16 20 Noyabr 2023
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

Reglamentga koʻra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun oʻz xohishiga koʻra YAIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

17:42 18 Noyabr 2023
Konstitutsiya kuni munosabati bilan ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi

Prezident farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi tasdiqlandi.

19:30 16 Noyabr 2023

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер