Buloqboshida yerga chigit qadaldi

18:58 03 Mart 2022 Jamiyat
916 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bahorni intiqlik bilan qarshi oladigan dehqonlarimiz allaqachon dala yumushlarini boshlab yuborganlar. Qishning soʻnggi oyi nisbatan iliq kelgani bois yer maydonlari ekishga erta tayyorlandi. Kuni kecha Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yerga chigit qadaldi.

— Oʻtgan yili bahorning ilk kunlarida ekkan chigitimizdan har gektaridan 39 sentnerdan hosil olishga erishdik, — deydi Buloqboshi tumani hokimi Oʻtkirbek Mamurov.

 — Bugun Joʻrapolvon massividagi «Mirzasulton» fermer xoʻjaligida chigit ekish mavsumini boshladik. Ekish ishlari agrotexnika qoidalariga amal qilingan holda olib boriladi va buning uchun barcha sharoit yaratilgan.

Buloqboshi tumanida bu yil 2629 gektar maydonga “Andijon 35” navli chigit ekish rejalashtirilgan.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер