Buxoroda 5 yoshida yoʻqolgan bola oradan 2 yil oʻtib topildi
Fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro viloyati Romitan tumanlararo sudining 2019-yil 30-oktyabrdagi 2014-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan Muhiddinov Amirxonni qarzdor fuqaro R.Abidovdan undiruvchi fuqaro L.Nurulloyeva tarbiyasiga majburiy tartibda olib berish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 2019-yil 5-noyabrda Byuroning Jondor tumani boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
– Majburiy ijro harakatlari davomida olib berilishi lozim boʻlgan bolaning turar joyi haqida maʼlumotlar boʻlmaganligi va otasi hamrohligida Rossiya davlatiga chiqib ketganligi aniqlangan, – deydi MIB Buxoro viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻbasi inspektori Anvar Salimov. – MIB Jondor tumani boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan voyaga yetmagan A.Muhiddinovga qidiruv eʼlon qilingan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida voyaga yetmagan A.Muhiddinov Rossiya davlatidan topildi. Oʻzbekistonga olib kelindi va onasi fuqaro L.Nurullayevaga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring