Bugungi kunga qadar 32 ta poliklinika va shifoxonalarni taʼmirlash boʻyicha ishlar boshlanmagan
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda 24 ta olis hududda tez tibbiy yordam brigadalarini tuzish haqidagi topshiriq boʻyicha mart oyida faqat Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 9 ta brigada tashkil etilgani koʻrsatib oʻtildi.
Lekin Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmning 15 ta olis hududida bu ishlar boshlanmagan. Davlatimiz rahbari 10-aprelga qadar ushbu hududlarda tez tibbiy yordam brigadalarini tashkil etishni topshirdi.
Shuningdek, ochiq muloqotda tez tibbiy yordam tizimidagi anesteziolog, reanimatologlar oylik ish haqiga 40 foiz ustama berish haqida koʻplab murojaatlar tushgan. Bir hafta muddatda ushbu masalani ijobiy hal qilish boʻyicha tegishli qaror loyihasini Hukumatga kiritish vazifasi qoʻyildi.
2022-yil investitsiya dasturi doirasida tibbiyot muassasalarini qurish va taʼmirlash ishlariga byudjetdan 1,2 trillion soʻm ajratildi.
Lekin bugungi kunga qadar 32 ta poliklinika va shifoxonalarni taʼmirlash boʻyicha ishlar boshlanmagan. Barcha qurilish ishlarini 1-oktyabrga qadar yakuniga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring