Bugun Yevropa ligasi finalida “Bayer” va “Atalanta” oʻzaro kuch sinashadi
Bugun, 22-may kuni tunda, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da Italiyaning “Atalanta” klubi hamda Germaniyaning “Bayer” jamoalari koʻhna qitʼada nufuzi boʻyicha YECHLdan keyin keyingi oʻrinda turadigan turnir - Yevropa ligasining (YEL) finalida oʻzaro kuch sinashadi. Bu mavsumda oʻziga xos uslub va ajoyib rekordlarga ega boʻlgan ikki jamoa qarama-qarshiligi futbol ishqibozlarini befarq qoldirmasligi tayin.
Xabi Alonso murabbiyligidagi “Bayer” superkompyuter talqiniga koʻra uchrashuvda favorit, biroq Dublindagi “Aviva” stadioniga Jan Pyero Gasperini boshchiligidagi “Atalanta” ham osonlikcha kelib qolmagan. Italianlar oʻz tarixlarida birinchi marotaba Yevropdagi nufuzli turnir finalida oʻynamoqda.
Leverkuzenliklar ajoyib mavsum oʻtkazdi. Barcha musobaqalarda 51 oʻyinda magʻlubiyatga uchramagan holda Yevropaning kuchli besh ligalaridagi yangi rekord natijani qayd etdi. Bugungi final esa nemislar uchun potensial treblning eng muhim bahsi sanaladi.
“Atalanta” oʻzining birinchi Yevropa finalini mustahkam mudofaa va tezkor hujum evaziga qoʻlga kiritdi. Italiya kubogi finalida “Yuventus”dan uchralgan magʻlubiyatdan kuyin bu oʻyin ular uchun mavsumdagi soʻnggi sovrin uchun oxirgi imkoniyatdir.
“Bayer”ning finalgacha boʻlgan yoʻli dramatik kechdi. Yaʼni ularning Ligadagi 31 ta golidan oltitasi 90-daqiqada yoki undan keyin urilgan.
Gasperini va Alonso oʻrtasidagi taktik jang bu finalning eng qiziqarli jihatlaridan biridir. Ikkala menejerning ham oʻziga xos uslublari bor: Gasperini tajovuzkor, yuqori pressingli oʻyinni afzal koʻradi, Alonso boʻlsa nazorat va bosim ostida oʻynashga urgʻu beradi.
Xulosa qilib aytganda, “Atalanta” – “Bayer” oʻrtasidagi UYEFA Yevropa Ligasi finali taktik janglarga, individual yorqinlikka va tarixiy ahamiyatga ega uchrashuv boʻlishi kutilmoqda. Jamoalar mavsum davomida ajoyib iroda va sifat koʻrsata olishdi. Ushbu final “Bayer” uchun xalqaro maydonlarda ishonch, “Atalanta” uchun esa soʻnggi umid boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring