Bugun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoniga toʻlov qilishning oxirgi kuni

19:46 02 Noyabr 2025 Jamiyat
293 0

Maʼlumki, 2025-yilning 2 yarmida boʻlib oʻtadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida oʻtkaziladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.

Talabgorlar ingliz, nemis, arab, turk, ispan, xitoy, urdu, pushtu tillaridan imtihonga roʻyxatdan oʻtish jarayoni kecha, 1-noyabr kuniga qadar davom etdi.

Toʻlov qilish bugun, 2-noyabr (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlari 15-16-noyabr kunlari oʻtkaziladi.

Chet tili imtihoni uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi. Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?