Bu masala endi yopiq — Ishmetov mansabdorlarning xizmat mashinalari boʻyicha munosabat bildirmasligini aytdi

16:02 24 May 2021 Iqtisodiyot
1043 0

Moliya vaziri Timur Ishmetov Toshkent besh tashabbus harakati doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda davlat mansabdorlarining qimmatbaho xizmat mashinalarida yurishi haqidagi savolga javob berdi.

Muloqot haqida “Xalq soʻzi” muxbiri Inobat AHATOVA  xabar bermoqda.

«Mansabdorlarning xizmat avtomobillarida yurishi boʻyicha masalaga munosabat bildirmayman. Chunki hukumat bunga allaqachon munosabat bildirib boʻldi va tegishli qaror chiqardi. Qaror boʻyicha konkret talablar va cheklovlar belgilangan. Shuning uchun ham bu masala endi yopiq.

Ayni vaqtda Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda qaror ijrosi yuzasidan davlat tashkilotlaridagi barcha xizmat avtomobillari inventarizatsiyadan oʻtkazilmoqda. Natijalari boʻyicha yana axborot beramiz. Hozircha esa bu masalani yopsak ham boʻladi», dedi Ishmetov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер