Buyuk Britaniyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni 20 mingdan oshdi

21:02 25 Aprel 2020 Dunyo
1269 0

Buyuk Britaniyada koronavirus sabab vafot etganlarning soni 20 mingdan oshdi, virus yuqtirganlar soni 150 mingga yaqinlashdi. Bu haqda Qirollik Sog'liqni saqlash vazirligi e'lon qildi.

"Koronavirus testidan o'tgan 517 836 kishidan 148 377 nafarida test ijobiy natija berdi. 24 aprel holatiga ko'ra kasalxonada 20 319 kishi koronavirusdan vafot etdi", deyiladi agentlik bayonotida.

Shunday qilib, Buyuk Britaniya AQSh (51 949), Italiya (25 969), Ispaniya (22 902) va Fransiya (22 245)ga qo'shilib, 20 ming o'limning eng yuqori pog'onasini bosib o'tgan beshta mamlakatlar qatoriga kirdi. Ikki haftadan kam vaqt ichida koronavirus bilan kasallanish qirollikda ikki baravar ko'paydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?