Boʻstonliqda fuqaroning uyidan 1 kg marixuana topildi

18:27 19 Oktyabr 2025 Jamiyat
256 0

Foto: “Toshkent-Aero” IBK

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida yashovchi fuqaroning uyida 1,03 kilogramm marixuana borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir amalga oshirildi.

Toshkent viloyati hududida oʻtkazilgan giyohvandlik moddalarining realizatsiyasiga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida Boʻstonliq tumanida yashovchi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Tekshiruv natijasida ushbu fuqaroning uyidan dastlabki ogʻirligi 1kilogramm 031 gramm boʻlgan yashil tusli,oʻtkir hidga ega marixuana giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi tezkor xodimi tomonidan fuqaroga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер