Birinchi prezident davrida Oʻzbekiston haqida negativ maʼlumotlar juda koʻp edi - Abduhakimov

15:31 25 May 2021 Jamiyat
2294 0

“Toshkent besh tashabbus” harakati doirasida Bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

“Xalq soʻzi” muxbiri Inobat Ahatovaning xabar berishicha, Abduhakimov muloqot davomida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov davri haqida aytib oʻtgan.

“Bizda tegishli resurslar mavjud. Bu ham Tashqi ishlar vazirligi ham «Uzbekistan travel” degan saytlarimiz bor. Ularda mamlakatimiz haqida barchasi yoritib berilgan.

Avvallari internetni ochsangiz Oʻzbekiston haqida faqatgina negativ maʼlumotlar chiqar edi. Ayniqsa birinchi prezidentimizni davrlarida negativ maʼlumotlar koʻp edi. Lekin hozir qarasangiz Oʻzbekiston turli reytinglarga kirdi.

Bu oʻzidan oʻzi boʻladigan narsa emas. Agar vazirlik yoki mutaxassislar ishlamaganida, bu natijalarga erisha olmas edik», dedi Abduhakimov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер