BILD bosh muharriri: Ukrainaliklar urush davom etishiga ishonmoqda
Soʻnggi 10 kun ichida Ukraina masalasi boʻyicha Alyaska va Vashingtonda uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng BILD bosh muharriri Pol Ronzxaymer Rossiya–Ukraina urushi borasida toʻrtta asosiy ssenariyni ilgari surdi.
Urush davom etishi. Ukraina rasmiylari Rossiya tomonidan jiddiy muzokaralarga tayyorlik koʻrinmayotganini taʼkidlamoqda. Ukraina prezidenti maslahatchisi: “Biz Rossiyaning muzokaralarga hozirligini koʻrmadik”, — dedi. Yevropa hukumatlari insayderlari ham urush uzoq davom etishi mumkinligini qayd etmoqda.
Tramp tinchlikka erishishi mumkinmi? Bu borada katta shubhalar bor. Chunki Moskva haligacha AQSH prezidenti Donald Trampning tashabbuslariga rozilik bildirgani yoʻq. YI diplomatlaridan biri: “Rossiya qanday boʻlmasin, hatto yillar davom etsa ham Donbassni qoʻlga kiritishni istaydi”, — dedi. Ukraina Qurolli kuchlari Donbassdagi Rossiya gʻalabasi faqat koʻp yillik janglar va katta yoʻqotishlar evaziga erishilishi mumkinligini taʼkidlamoqda.
Sanksiyalar orqali bosim. Tramp bir necha bor Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilgan, ayniqsa neft va gaz sohasida hamkorlik qilayotgan mamlakatlarga ikkinchi darajali cheklovlarni qoʻllash haqida gapirgan. Bu, ehtimol, Kremlga zarba berishi mumkin, ammo AQSH iqtisodiyoti uchun ham ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sababli Oq uy hali yakuniy qaror qabul qilmagan. Yevropa kuzatuvchilari Tramp tahdidlarini jiddiy qabul qilmayapti, ularning fikricha, agar sanksiyalar haqiqatan ham amalga oshirilsa, Putin Zelenskiy bilan uchrashuvdan bosh tortgandayoq joriy etilgan boʻlardi.
Qurol-aslaha yetkazib berish. Agar Moskva oʻz yoʻnalishidan qaytmasa, AQSH Ukrainaga yangi qurollar berishni boshlashi mumkin. Siyosatshunos Klaudiyaning taʼkidlashicha: “Gʻarb qanotli raketalarni Ukrainaga berib, Rossiyaga: siz sulhga rozi boʻlmasangiz, zavodlaringiz ishdan chiqaveradi, deb aytishi mumkin”.
Ukraina ham oʻz kuchiga tayanayotganini koʻrsatmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy mamlakat yaqinda yangi “Flamingo” raketa tizimini ishlab chiqishga kirishganini maʼlum qildi. Unga koʻra, 3000 km masofaga uchish imkoniyatiga ega raketa shu yil oxirida yoki kelasi yil boshidan ommaviy ishlab chiqarila boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring