Belida belbogʻi bor daraxtlar

16:39 02 Noyabr 2023 Jamiyat
293 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Kuz va qish faslida mevali bogʻlarda amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar doirasida Sirdaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tumanlar boʻlimlari inspektorlari tomonidan   mevali bogʻlarga tutqichli belbogʻlar oʻrnatilmoqda.

— Ushbu tutqichli belbogʻlar tuxum qoʻyish uchun daraxtlardan yerga va keyin daraxtlarga chiqish uchun harakatlanayotgan zararkunanda hasharotlarni tutish hamda yoʻq qilish maqsadida qoʻllaniladi,- deydi Oʻsimliklar karantini va himoyasi   Sardoba tumani boʻlimi boshligʻi   Furqat Haydarov — Tuzoqli belbogʻning kengligi 20-25 santimetrni tashkil etib, poxol, somon qanorqop, porolon, polietilen kabi materiallardan tayyorlanadi. Daraxtlarning 40-45santimetr balandlikdagi silliq tana hamda novdalariga bogʻlab chiqiladi. Tuzoqli belbogʻlarni oʻrnatishda dastlab daraxtning belbogʻ oʻrnatiladigan joyi qurigan poʻstloq va shox -shabbalardan tozalanadi. Keyin esa daraxtga oʻrnatiladi.

Mutaxassislarning aytishicha, ushbu tadbir yuqori samaradorligi barobarida kam xarajatliligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.

Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?