“Bavariya” jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida gʻalaba qozondi
“Yangi mavsumga jiddiy hozirlik koʻrayotgan “Bavariya” jamoasi bugun Fransiyaning “Lion” klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.
“Allianz Arena”da oʻtgan bahs mezbonlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga “Bavariya”dan Maykl Olise (2 ta), “Lion”dan esa Alexandro Rodriges mualliflik qildi.
Vensan Kompani ushbu bahsda 22 nafar shogirdini maydonga tushirdi. Jumladan, “Liverpul”dan jamoaga kelib qoʻshilgan Luis Dias ham oʻz debyutini oʻtkazdi.
Eslatib oʻtamiz, “Bavariya” jamoasi uchun yangi mavsum 16-avgustdan boshlanadi. Oʻsha kuni “myunxenliklar” Germaniya Superkubogi uchun “Shtutgart” jamoasi bilan bahs olib boradilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring